sitemap Flag of Uzbekistan gerb madhiya administrator22 message icon

Flag of Uzbekistan Circle 512  Russian 2 512  england circle 512

ISHONCH TELEFONI

+998 (0366) 235-14-34

ISH VAQTI

08:00 - 18:00

E - POCHTA

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Tashkilot tarixi
19 Jun 2019
(1 Vote)

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali tarixi

Viloyat onkologiya dispanseri 1945-yil aprelida Xalq kommisarlari kengashining 935 sonli “Aholigaonkologik xizmat koʻrsatishni yaxshilash choralari toʻgʻrisida”gi qaror chiqarildi.Shu vaqtdan boshlab xavfli oʻsma kasalligi bilan kurashishni tashkillashtirishda yangi davr boshlandi.1946-yilga qadar viloyatda onkologik xizmat umumiy tarmoq shifokorlari tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, 1946-yilda shaxar shifoxonasi qoshida 10 oʻrinli onkologiya boʻlimii ochildi.Viloyatda onkologik xizmatning ilk tashkilotchilari vrach onkologlar Z.P.Kusharenko va V.K.Xmelniskayalar xisoblanadi.Valeriya Konstantinovna Xmelniskaya 1948-yilda Samarqand viloyat onkologiya dispanseri ambulatoriya boʻlimi mudiri lavozimida ishlab kelgan. Samarqand viloyatida onkologik xizmat asoschilaridan biri.Zoya Petrovna Kusharenko 1946-yilda Samarqand onkodispanserida onkolog-rentegnotreapevt lavozimida ishlagan. Samarqand viloyat onkologiya xizmati asoschilaridan biri.1948-yilda Samarqandda 30 oʻrinli viloyat onkologiyasiga asos solindi.Dispanser dastlab xozirgi 2 son tugʻruqxona xududidagi moslashtirilgan binoda joylashgan bulib,pato-gistologik laboratoriya, rentgendiagnostik uskuna va xirurgiya boʻlimlaridan iborat edi.1948-yilda onkologiya dispanseriga bosh vrach etib vrach onkolog A.M.Azatyan tayinlandi.1956-yilda oʻrinlar soni 65 tagacha koʻpaytirildi va dispanserga onkologik bemorlarni davolashda ishlatiladigan “GUT”- rusumli nur apparati, radioaktiv ignalar va aplikatorlar toʻplami olinadi.Xalqqa malakali onkologik davolash yordamini koʻrsatish bilan bir qatorda aholi orasiga keng koʻlamli profilaktika ishlarini ham olib borish zarur edi.Rahim Xakimovich Sharipov onkolog sifatida ish boshlagan. 1963-yildan Samarqand viloyat onkologiya dispanseri bosh vrachi lavozimiga tayinlangan. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach” unvoni”, “Mehnat Qizil Bayroq” ordeni, “Shavkatli mehnati uchun” medali, “Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.1966-yilda R.H.Sharipov boshchiligida 100 oʻringa moʻljallangan yangi onkologiya dispanseri binosi qurib bitkaziladi.Bu binoning qurilishida dispanser xodimlari katta jonbozlik koʻrsatadilar.Yangi tipdagi dispanser binosida xirurgiya, ginekologiya,radiologiya va ambulatoriya boʻlimlari joylashadi.1970-yilda dispanserda oʻrinlar soni 150 taga yetkaziladi.1976yilda dispanser hududida yangi,hozirgi jarroxlik boʻlimi binosi quriladi va oʻrinlar soni 200 taga yetkaziladi.Dispanserda klinik, patogistologik,sitologik laboratoriyalar,rentgenologik va endoskopik xonalar tashkil etiladi.1972-yilda dispanser qoshida,dotsent T.M.Musayev rahbarligidaonkologlar ilmiy jamiyati tashkil qilinadi. Shu yildan boshlab viloyat onkologiya dispanseri viloyatlararo davolash-maslahat markazi vazifasini bajaradi.1978-yilda onkodispanser shtat birligi 263 taga yetdi,shulardan vrach-onkologlar shtati 45 tani tashkil etdi.1977-1978-yillarda bajarilgan ishlar natijasiga asoslanib,onkodispanser jamoasi viloyat tibbiyot muassasalari oʻrtasida sotsialistik musobaqa gʻolibi deb topilib,Samarqand shaxri “Faxriylar kitobi”ga kiritilgan.Radiologiya boʻlimi yangi rentgen-terapevtik “RUM-17” va “RUM-7” apparatlari bilan jixozlandi.Gammaterapevtik “LUCH-1” apparat iva radiaktiv ignalar,applikatorlar olindi.Oʻz kasbining mohir ustalari,yetuk vrachlar F.Ya.Sibulskiy,S.A.Ibragimov,S.S.Budagova,I.M.Akimov,T.A.Matilkova,V.A.Sorokina,birinchi vrach ordinator Z.P.Kushnarenko,V.K.Xmelniskaya,M.A.Xodzko va boshqalar onkologik xizmatni rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshishdi.1995-yildan 2010-yilgacha bosh vrach lavozimida Shavkat Rizayevich Xasanov ishlab keldi.Shu vaqtda viloyat aholisiga 175 oʻrinli viloyat onkologiya dispanseri,shahar va tuman poliklinikalari qoshidagi 23 ta onkologlar xonasi,27 ta ayollar koʻrikxonasi tomonidan xizmat koʻrsatilmoqda. Achilov Mirzakarim Temirovich 2010-yildan 2017-yilgacha bosh vrach lavozimida ishlab keldi. Shu vaqtdavomida viloyat aholisiga 175 oʻrinli viloyat onkologiya dispanseri, shahar va tuman poliklinikalari qoshidagi 23 ta onkologlar xonasi, 27 ta ayollar koʻrikxonasi tomonidan xizmat koʻrsatib kelganlar.

Samarqand viloyat xokimligi Sogʻliqni saqlash boshqarmasining 2017-yil25-iyundagi№ 595-u sonli buyrugʻiga binoanshifoxona Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filali nomi maqominitoldi.

Markazga 2017-yilning 4-sentyabr kunidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga t.f.d., professor M.D.Joʻrayev direktor etib tayinlandi.

Xozirgi kunga kelib 175 oʻrindan iborat boʻlganRespublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filali Samarqand shaxar va tumanlardagi 18 ta onkoxonalar, 26 ta ayollar koʻrikxonalari yordamidaaholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.

MARKAZ TARIXIDAGIREKONSTRUKSIYA ISHLARIVA YUTUQLARI

2014-yil “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28noyabrdagi PQ-1652-sonli karori” asosida Investitsiya dasturidoirasida RIO va RIATMSF (Samarqand Viloyat onkologiya dispanseri) toʻliq rekonstruksiya va qurilish taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Markaz moddiy texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmatni bugungi kun talablari darajasida tashkil etish maqsadida byudjet va byudjetdan tashqari ishlab topilgan mablagʻlar hamda homiylar, grant mablagʻlari xisobidan markazga bir qator zamonaviy tibbiy apparaturalar- Videogastroskop/kolonoskop serii LOMO, Bronxofibroskopiya komplekti, Dudenfibroskopiya komplekti Kolonofibroskopiya komplekti, Ginekologik videokolposkop, Multispiral kompyuter tomografi 16 kesmali, Raqamli rentgenodiagnostik mammograf, Portativ rentgen apparati KMS 650 S-ARM, Rangli doplerli ultratovush tizimi, Bioximik analizator poluavtomat CYAN Start,Mikroplanshetli IFA rider (immunoferment analizator), Mikroskop SYAN cope, Avtomatik PSR, angli doplerli ultratovush Rangli ranapparatlari olib kelib oʻrnatildi. Markaz xodimlarini yuqoridagi tibbiy aparatlani ishlatish uchun qisqa muddatli kurslarda malakalari oshirildi. Bundan tashqari Markaz filiali xorijiy mamlakatlarning yetakchi onkologiya klinikalari va institutlaribilantuzilgan memorandumasosidayetakchi xorijiy davlatlarningetuk mutaxassilari markaz fildialiga tashrif buyurib maxorat darslari, seminarlar, koʻrgazmali operatsiyalar bajarishdi xamda onkologik bemorlarga konsultatsiya qilishdi.

Diagnostiklaparoskopik, diagnostik torakoskopiya,transtorakal trepanbiopsiya kabi murakkab tekshirish usullari amaliyotga kiritildi.

Markaz filiali sharoitida oldin bajarilmagan murakkab yuqori texnologiyali operativ davo usullari bajarish yoʻlga qoʻyildi va aynivaqtda kundalik ish faoliyatida muntazam koʻllanilib kelmoqda.

Jumladan:

  • Qiziloʻngach oʻsma kasalliklarida – Garlok-Osava, Lyuis, Mak-Keyn operatsiyalari.
  • Oʻpka oʻsma kasalliklarida-lobektomiya, pulmonektomiya opreatsiyalari.
  • Koʻks oraligʻi oʻsmalari-oʻsmani radikal kesib olish operatsiyalari.
  • Jigar oʻsmalarida-gemigepatektomiya, jigarni anatomik va atipik rezeksiyalari.
  • Oshqozon oʻsmalarida- radikal gastrektomiya, distal va proksimal subtotal rezeksiyasi.
  • Yoʻgʻon ichak oʻsmalarida-radikal gemikolektomiya va total kolektomiyaoperatsiyalari.
  • Buyrak oʻsmalarida-radikal nefrektomiya, siydik qopi oʻsmalarida radikal sisprostektomiya operatsiyalari, moyak xavfli oʻsmalarida Shevasyu operatsiyalari.
  • Kichik chanoq aʼzolari xavfli oʻsmalarida-evisseratsiya operatsiyalari.
  • Perkutantnefrostoma va ChCHXS (chreskojno chrespechyonochnoye drenirovaniye pechyonochnogo protoka) kabi yuqori texnologiyalari operatsiyalar amaliyotlari amalga muvaffaqqiyatli oshirilmoqda.
Read 873 times Last modified on Wednesday, 19 June 2019 17:34