sitemap Flag of Uzbekistan gerb madhiya administrator22 message icon

Flag of Uzbekistan Circle 512  Russian 2 512  england circle 512

ISHONCH TELEFONI

+998 (0366) 235-14-34

ISH VAQTI

08:00 - 18:00

E - POCHTA

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Savol - Javoblar
29 Jun 2019
(1 Vote)

KO'P BERILADIGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR.

BA'ZI - BAZIDA SIGARET CHEKISH O'PKA SARATONI XAVFINI UYG'OTADIMI?

Xa. Doimiy chekish yoki passiv chekish xastalik xavfini oshiradi. So'ngi ma'lumotlarga ko'ra, o'zi chekmasa ham ishda, yoki yaqinlari yonida doimiy ravishda tamaki tutunidan nafas oladigan odamlar uchun kasallikni rivojlanish ehtimoli chekmaydiganlarga qaraganda 40 foizga yuqori.

NEGA ODAMLAR SARATON KASALLIGIGA CHALINADILAR?

Bu savolga afsuski haligacha aniq javob yo'q. Saraton kasalligini organizmda paydo bo'lishiga sabab bo'ladigan ko'plab omillar mavjud. Xususan, biz nosog'lom turmush tarzi, noto'g'ri ovqatlanish, nikotin mahsulotlarini chekish va shunga o'xshagan ko'plab sabablar haqida gapiramiz. Yana bir sababi - bu uzoq muddatli stress va depressiyadir.

SARATONNING ENG KO'P UCHRAYDIGAN TURLARI QAYSI VA QAYSIDAN BIRINCHI NAVBATDA HIMOYALANISH KERAK?

Qo'shma Qirolliklar Saratonga qarshi tadqiqotlar tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra
dunyoda birinchi o'rinda o'pka saratoni,
ikkinchi o'rinda ko'krak saratoni,
uchinchisi ichak saratoni,
to'rtinchisi prostata bezi saratoni
va beshinchi o'rinda oshqozon saratoni turadi.

SARATON KASALLIGI YUQUMLI KASALMI?

Yo'q. Saraton kasalligi yuqumli emas.

HAR BIR INSON ONKOLOG TEKSHIRUVIDAN O'TISH KERAKMI VA BUNI NECHA YOSHDAN TEKSHIRTIRISH KERAK?

Biz 45 yoshdan oshgan ayollar va erkaklarni muntazam tekshiruvdan o'tib turishlarini tavsiya qilamiz. Bunda ayollar asosan bachadon va ko'krak bezi saratoniga tekshirilishi, erkaklar esa prostata bezi saratoniga urolog tomonidan tekshirilishi kerak. Bunda siydikda yashirin qon borligi juda muhim indikator hisoblanadi.

SARATON KASALLIGI NASLDAN NASLGA O'TISHI MUMKINMI?

Xa ba'zida saraton kasalligi hujayralarda nasldan o'tishi mumkin.

MOBIL TELEFONLARDAN KO'P FOYDALANISH SARATON KASALLIGINI CHAQIRADIMI?

Yo'q. Kompyuterlar, turli turdagi gadjetlar, uyali telefonlardan foydalanish borasida, ularning saraton kasalligini chaqirishi haqida ilmiy dalillar mavjud emas. Nazariy jihatdan mumkin emas. Shuningdek texnik jihatdan ham.

XALQ TABOBATI BU KASALGA YORDAM BERA OLADIMI?

Xalq tabobati bu vaziyatda faqatgina psixologik ko'mak sifatida yordam berishi mumkin. Bundan ziyotisi emas. Avvalam bor olloxni o'zi asrasin.

SIZNI QIZIQTIRGAN SAVOLGA JAVOB TOPA OLMADIZMI?
UNDA BIZNING QABULXONAGA SAVOLINGIZNI YO"LLANG VA MALAKALI SHIFOKORLARIMIZ TOMONIDAN JAVOB OLING!

 

Read 893 times Last modified on Saturday, 29 June 2019 13:27