sitemap Flag of Uzbekistan gerb madhiya administrator22 message icon

Flag of Uzbekistan Circle 512  Russian 2 512  england circle 512

ISHONCH TELEFONI

+998 (0366) 235-14-34

ISH VAQTI

08:00 - 18:00

E - POCHTA

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
2021 yilgacha tez tibbiy yordam xizmatida «Damas»lardan to‘liq voz kechiladi
20 Jun 2019
(1 Vote)

2021 yilgacha tez tibbiy yordam xizmatida «Damas»lardan to‘liq voz kechiladi

10 iyun kuni Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ko‘rsatilayotgan tez tibbiy xizmatlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda tez tibbiy yordam xizmatini ko‘rsatish tizimidagi kamchiliklar xususida ham so‘z bordi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyev jurnalistlarning tez yordam mashinalarining shoshilinch tibbiy xizmatga moslashtirilmagani, chaqiriqlarni qabul qilish va taqsimlashda shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi va harakatdagi mashinalar bilan aloqa yo‘qligi xususidagi savollariga javob qaytardi.

«Tez yordam mashinalarida tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yo‘qligi haqiqat. Lekin «Damas»larning barchasini bir og‘iz gap bilan «Toyota»ga aylantirib bo‘lmaydi. Bularning barchasi nima evaziga bo‘lishini barchamiz yaxshi tushunamiz», deydi u.

Vazir o‘rinbosarining bayon etishicha, hozirda respublika bo‘yicha mavjud 2500ga yaqin tez yordam mashinasining 281tasi «Nissan», «Toyota» va boshqa rusumdagi zamonaviy ulovlar. Ularning barchasi reanimobilga (shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun birlamchi jihozlarga ega ulov) moslashtirilgan. 2021 yilgacha «Damas»lardan to‘liq voz kechilib, talab darajasida jihozlangan zamonaviy tibbiy yordam mashinalariga o‘tiladi.

«Respublika bo‘yicha chaqiriqlarning atigi 15 foizi gospitalizatsiya qilinadi, ya'ni bemor shifoxonaga olib ketiladi. 85 foiziga esa joyida xizmat ko‘rsatiladi. Yevropada esa aksincha, chaqiriqlarning 85 foizi gospitalizatsiyani talab etadi. Shu bois aksariyat hollarda reanimobillarga ehtiyoj yo‘q», deya qo‘shimcha qilgan Hojiboyev.

Ma'lum qilinishicha, 2016 yilda har 15 ming aholiga bitta tez yordam mashinasi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda har 13 ming kishi uchun bitta mashina xizmat qiladi.

«3 ming, 5 ming kishi istiqomat qiladigan chekka hududlarda ham masofa cho‘zilib ketishini inobatga olgan holda odam soni kam bo‘lsa ham mashina biriktirib qo‘yish vazifasi belgilangan. Lekin bu faqat mashina qo‘yish bilan bitmaydi, olis hududda ishlashga rozi bo‘ladigan kadrlar ham kerak. Bu esa qiyin masala», deya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, 2019 yil yakuniga qadar barcha tez yordam mashinalarida qulay aloqani, chaqiriqlar uchun mashinani tezkor yo‘naltirishni ta'minlovchi GPS tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

«Hozirda Toshkent shahridagi 178ta mashinada bu tizim mavjud. Lekin server bilan aloqa yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan», deyiladi matbuot anjumanida.

Read 858 times Last modified on Thursday, 20 June 2019 13:27