sitemap Flag of Uzbekistan gerb madhiya administrator22 message icon

Flag of Uzbekistan Circle 512  Russian 2 512  england circle 512

ISHONCH TELEFONI

+998 (0366) 235-14-34

ISH VAQTI

08:00 - 18:00

E - POCHTA

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Samarqand viloyati perinatal markazida yuz bergan vaziyat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlandi
20 Jun 2019
(1 Vote)

Samarqand viloyati perinatal markazida yuz bergan vaziyat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati perinatal markazidagi vaziyat bilan bog‘liq holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil 27-fevral soat 08:00 dan  2019-yil 1-mart kuni soat 08:00 ga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida  mazkur markazda jami 36 nafar ayollar tomonidan 37 nafar chaqaloq tug‘ilgan bo‘lib,  2019-yil 28-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkazilgan intensiv va reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay,  og‘ir tug‘uruqlar asorati oqibatida turli patologik holatlar (onaning homiladorlik paytida onada uchraydigan kasalliklar) sababli 5 nafar chaqaloqlar o‘limi kuzatilgan.

Qayd etilishicha, Perinatal tizim – homila va tug‘uruq bosqichlari yuqori darajadagi xatarda o‘tayotgan ayollar, og‘ir somatik patologiya, og‘irlashgan homila va tug‘uruqlar, shuningdek, homilaning 34-haftasidan boshlab muddatidan oldin tuqqan ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, jumladan, intensiv terapiya va ikkilamchi tibbiy yordam muassasalarida ko‘zda tutilmagan maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan chaqaloqlarni tibbiy parvarish bilan ta’minlaydi. Xuddi shunday Samarqand viloyat perinatal markazi ham viloyat bo‘yicha, asosan, asoratli tug‘uruq jarayonlari kechadigan muassasa hisoblanadi. Bu yerda viloyatdagi umumiy tug‘uruqlarning qariyb 15 foizi qamrab olingan bo‘lib, keluvchilarning 84,7 foizi turli darajadagi asoratlar bilan murojaat qilishadi.

Bundan tashqari, viloyat perinatal markazi bazasida Samarqand davlat tibbiyot instituti akusherlik-ginekologiya va neonatologiya kafedrasi faoliyat olib bormoqda. Har bir og‘ir homilador, tug‘uvchi ayollar va og‘ir ahvolda tug‘ilgan chaqaloqlar holati yuzasidan kafedraning professor va ilmiy xodimlari ishtirokida konsiliumlar ham tashkil etiladi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlarning natijasi o‘laroq, Markazda joriy yilning 5 oyi davomida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan chaqaloqlar o‘limi  ko‘rsatkichi 30 foizdan  ziyodga kamaygan.

Ayni paytda yuqoridagi materialda aks etgan G.K. farzandining o‘limi va chaqoloqning jinsi almashganligi holati yuzasidan prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar olib borgan surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarining natijasidan kelib chiqqan holda aybdor shaxslarning javobgarligi masalasi qonuniy jihatdan hal etiladi. Zero, gap inson salomatligi va hayoti haqida borar ekan, Sog‘liqni saqlash vazirligi bunda har bir masalaga chuqur yondashadi.

Read 487 times Last modified on Thursday, 20 June 2019 13:39