sitemap Flag of Uzbekistan gerb madhiya administrator22 message icon

Flag of Uzbekistan Circle 512  Russian 2 512  england circle 512

ISHONCH TELEFONI

+998 (0366) 235-14-34

ISH VAQTI

08:00 - 18:00

E - POCHTA

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Rivojlangan davlatlarda tez yordam mashinasiga yo‘l berish shart!
20 Jun 2019
(1 Vote)

Rivojlangan davlatlarda tez yordam mashinasiga yo‘l berish shart!

«Rivojlangan davlatlarda tez yordam mashinasiga yo‘l berish shart hisoblanadi». Vazir o‘rinbosari bu masalani hukumat darajasida ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Murojaatchilar tomonidan manzilning aniq ko‘rsatilmasligi ko‘p hollarda tez yordam mashinasining belgilangan vaqtdan kechikib borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqida «O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror asosida ko‘rsatilayotgan tez tibbiy xizmatlar» mavzusidagi matbuot anjumanida so‘z bordi.

Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Davron Sultonovning qayd etishicha, manzil noaniq ko‘rsatilishi ko‘p hollarda mashina kechikib borishiga sabab bo‘ladi.

«Ko‘cha-ko‘yda yo‘lovchilarning tobi qochib qolganda yoki qandaydir baxsiz hodisa yuz berganda tez yordam chaqirilsa, ko‘pincha manzil noto‘g‘ri ko‘rsatiladi. Berilgan raqam bo‘yicha aloqaga chiqilsa, tez yordam chaqirgan odam allaqachon voqea joyidan ketib qolgan bo‘lishi mumkin. Ko‘cha nomlari noto‘g‘ri berilgan, mo‘ljal noaniq ko‘rsatilgan vaqtlar ham ko‘p bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan yordamning yetib borishini kechiktiradi», – deydi u.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyevning bayon qilishicha, tirband yo‘llarda mashinalarning tez yordam uloviga yo‘l bermasligi ham kechikishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

«Rivojlangan davlatlarda tez yordam mashinasiga boshqa avtomobillar yo‘l berishi shart hisoblanadi. Tez yordam uchun alohida yo‘lak doimo bo‘sh qoldiriladi. Bizda esa bunday emas. Bu masalani hukumat darajasida ko‘rib chiqish kerak. Migalka va sirena yoqilganda hammasi yo‘l berishi kerak», – deya ta'kidlaydi Hojiboyev.

Shuningdek, matbuot anjumanida tez yordamga nozarur chaqiriqlar qilinishi masalasida ham so‘z bordi. Ma'lum qilinishicha, tez yordamga bo‘ladigan murojaatlarning 66 foizini shoshilinch va baxsiz hodisalar, 14 foizini tug‘ruq, 30 foizga yaqinini esa xonadon chaqiriqlari tashkil etadi. Xonadonga chaqiriqning sabablari esa ko‘p hollarda tish og‘rig‘i, ukol qilib qo‘yish, qon bosimini yoki tana haroratini o‘lchatish kabi jiddiy bo‘lmagan holatlardan iborat bo‘ladi.

«Chaqiriqlar soni oshishining asosiy sababi nozarur chaqiriqlardir. Yordam talab qilinmaydigan, o‘z shifokori aytgan tavsiyaga amal qilmaydiganlar ham mashina chaqirtiradi. Surunkali xastaliklarda, muolaja olish talab etilganda, tez yordamga emas, oilaviy shifokorga murojaat qilish, u bilan maslahatlashish kerak. Mashinalar shunaqa noo‘rin chaqiriqlar bilan band bo‘lib qoladi, kerakli joyga esa o‘z vaqtida yordamga yetib borolmaydi», – deydi vazir o‘rinbosari.

Read 866 times Last modified on Thursday, 20 June 2019 13:46